O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrda qabul qilingan “Oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq 2017/2018 o`quv yilidan boshlab akademik liseylarda o`qish muddati ikki yil etib belgilanadi va ularga o`quv-metodik jihatdan rahbarlik qilish O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarorda akademik liseylardan uzoq joylashgan hududlardan qabul qilingan o`quvchilar belgilangan tartibda yotoqxona hamda ota-onalar to`lovi hisobiga (har oyda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida) xarajatlarni qisman qoplagan holda, imtiyozli oziq-ovqat bilan ta`minlanishi belgilab qo`yildi.
2018/2019 o`quv yilidan boshlab o`quvchilar qabuli to`xtatilayotgan akademik liseylarning 2 va 3-bosqich o`quvchilari mazkur akademik liseylarda ta`limni amaldagi o`quv dasturlari bo`yicha belgilangan tartibda yakunlaydilar va ularga davlat namunasidagi akademik lisey bitiruvchisi diplomi beriladi.






