AsosiySport

​O`ZBEKISTONDA YaNA BIR HAKAMNING FAOLIYaTI QONIQARSIZ DEB TOPILDI

'​O`ZBEKISTONDA YaNA BIR HAKAMNING FAOLIYaTI QONIQARSIZ DEB TOPILDI'ning rasmi

Bugun, 26 sentyabr kuni O`FFda Hakamlar va nazoratchilar qo`mitasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.

Unda Oliy Liga 22-turi doirasidagi “Sho`rtan” (G`uzor) – “Navbahor” (Namangan) uchrashuvini boshqarib, yakunda ishi nazoratchi Alisher Abdullaev tomonidan qoniqarsiz (4,0) ballga baholangan Olim Tolibjonovning hakamligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilindi.

Olim Tolibjonovning “Sho`rtan” – “Navbahor” (3:3) o`yinidagi hakamligi federasiyaning hakamlar va nazoratchilar ilmiy-uslubiy ta`minoti bo`limi tomonidan ko`rib chiqildi. Bo`lim boshlig`i Arslon Xatamov bosh hakam Olim Tolibjonovning ishini “qoniqarsiz” deb baholadi. Shu asosda, Hakamlar va nazoratchilar qo`mitasi “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi”ga binoan Olim Tolibjonovni O`zbekiston Chempionati, Birinchiligi va O`zbekiston Kubogi o`yinlari doirasidagi 10 ta o`yinga chetlatdi. Bundan tashqari, uning xizmat haqi 75 foizga kamaytirildi.

Shu bilan bir vaqtda, “Sho`rtan” – “Navbahor” bellashuvidagi referi yordamchisi Aleksandr Burovning bahosini ko`tarib qo`yganligi uchun nazoratchi hakam Alisher Abdullaev qo`mita qaroriga ko`ra O`zbekiston Chempionati, Birinchiligi va O`zbekiston Kubogi uchrashuvlari doirasidagi 4 ta o`yindan chetlatildi. Abdullaevning xizmat haqi 75 foizga kamaytirildi.

Eslatib o`tamiz, Oliy Liga 21-turi doirasidagi “Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodov qo`pol xatolarga yo`l qo`ygani tufayli umrbod hakamlikdan chetlatilgan edi.

    Boshqa yangiliklar