Bugungi kunda qo`l telefonlarimiz quvvati kamligidan hamda tez tugab qolishidan shikoyat qilamiz. Chunki ular Litiy-ionn batareyalari hisoblanadi. Garvard universiteti professorlari yangi olamshumul ixtiro yaratilganini aytishmoqda. Bu ixtiro butun dunyoni hayratga soldi. Olimlar batareya sifatini yangi bosqichga olib chiqishdi va yangi “suyuq batareya” ishlab chiqishdi. Bo`lishi mumkin emas, demoqchimisiz? Xulosa chiqarishga shoshilmang.
— Biz yillab xizmat qiladigan va yangi avlod batareyasini yaratdik. U suyuq holda bo`lib, litiy-ionn batareyalaridan ancha chidamli va sifatlidir. Bir sutkada to`la quvvatidan foydalanib ishlatilsa, u atigi 1 foiz zaryadini yo`qotadi. Suyuqlik batareyani yanada chidamli va sifatliligini ta`minlashga xizmat qiladi. Biz yaratgan “suyuq batareya” hozirda barcha foydalanayotgan litiy-ionn batareyalaridan ancha arzon va hamyonbop bo`lishiga ishonaman”, — deydi Garvard universiteti tadqiqotchilaridan biri.
Bugungi kunda Garvard universitetida bu kabi tadqiqotlar va ixtirolar juda ko`p amalga oshirilmoqda, ammo bu ixtiro so`nggi ikki yil ichidagi eng olamshumul ixtirolar safidan allaqachon joy egallashga ulgurdi. Tadqiqot ko`rgazmasi shu yilda o`tkazilishirejalashtirilmoqda. Ammo aniq kuni e`lon qilinmadi. Yaqin kelajakda bu kabi “suyuq batareya”lar oddiygina narsaga aylanib qoladi va fan-texnika rivojlanishi bilan yangicha turlari va ko`plab afzalliklarga ega funksiyalari yaratiladi.






