AsosiySavol-javob

NAFAQAXO`RLAR BINOGA TEXNIK XIZMAT KO`RSATISh TO`LOVIDAN OZOD ETILADIMI?

'NAFAQAXO`RLAR BINOGA TEXNIK XIZMAT KO`RSATISh TO`LOVIDAN OZOD ETILADIMI?'ning rasmi

Ko`p qavtli uyda yashayotgan nafaqaxo`rlar binoga texnik xizmat ko`rsatish to`lovlaridan ozod etiladilarmi?

Erkin NABIEV, Ko`p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining bo`lim boshlig`i:

— Agar Siz texnik xizmat ko`rsatish deganda ko`p qavatli uylardagi umumiy mulkni ishlatish, saqlash va undan foydalanish uchun majburiy badallarni to`lashni nazarda tutayotgan bo`lsangiz, bu haqda nafaqaxo`rlarni majburiy badallarni to`lashdan ozod qiluvchi normativ xujjatlar yo`q. Kam ta`minlangan oilalarga kommunal xizmatlar bo`yicha qarzdorlikni yopish uchun o`z-o`zini boshqaruv idoralari, ya`ni mahalla qo`mitalari bir martalik moddiy yordam berishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar