AsosiyJamiyat

ISTE`MOLChILAR KOMMUNAL XIZMATLAR UChUN KVITANSIYaLAR TO`LDIRIShMAYDI

'ISTE`MOLChILAR KOMMUNAL XIZMATLAR UChUN KVITANSIYaLAR TO`LDIRIShMAYDI'ning rasmi

Iste`molchining birxillashtirilgan yagona shaxsiy raqamidan foydalangan holda Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimi 2018 yil 1 avgustgacha ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi darkor. Bu Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi, energiya ta`minoti tashkilotlariga topshirilgan. Yagona integrator tizimning ishini va uzluksiz faoliyat ko`rsatishini muvofiqlashtirish uchun mas`ul hisoblanadi.

Billing tizimi iste`molchilarga hisob taqdim etadi va hisobvaraqlardagi pullarni, ularni kommunal xizmatlar etkazib beruvchilarining amaldagi tariflari bo`yicha o`tkazish va hisobdan chiqarishni nazorat qiladi. Shuningdek, uning vazifasiga hisoblagichlarni boshqarish ham kiradi: iste`molchilarga kommunal xizmatlari ko`rsatishni aktivlashtirish yoki blokirovka qilish.

Tizim vositasida kommunal xizmat ko`rsatish sohasiga interaktiv xizmatlar joriy qilinadi. Masalan, elektron to`lov tizimlari.

Kommunal xizmatlar etkazib beruvchilari tizimga bosqichma-bosqich ulanadi: 1.01.2019 yilgacha – elektr va gaz ta`minoti; 1.01.2021 yilgacha – ichimlik suv ta`minoti, kanalizasiya va issiqlik ta`minoti.


    Boshqa yangiliklar