Zarur masalliqlar (8-10 kishilik): 150 gr. margarin, 0,5 st. shakar, 3 dona tuxum, 100 gr. tvorog, yarim quti xamiryumshatgich (razrxlitel), un. Ichiga solish uchun: 4-5 ta olma, 2-3 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq dolchin kukuni, yarimta limon qirindisi. Ustiga: 1 st. shakar, 100 gr. suv, pichoq uchida limon kislotasi.
Tayyorlash: 1) Xona haroratida erigan margarinni shakar va tvorog bilan aralashtirib, tuxumni bittadan qo`shing. Masalliqlar bo`tqa holiga kelgach, xamiryumshatgich va un solasiz. Qo`lga yopishmaydigan yumshoq xamir tayyor bo`lishi bilan ustini sochiqda yopib, 15 daqiqa dam berasiz.
2) Archilgan olmalarni parrak qilib kesing. So`ng limon qiridinsi hamda shakar bilan aralashtirib oling.
3) Pishiriq qog`ozi solingan patnisga xamirni tekis yoyib, olma bo`laklarini ketma-ket zichlab joylashtiring. Shu holatida 180 daraja haroratda qizigan gaz pechiga qo`ying. Shirinlik pishayotgan mahal 1 st. shakarga suv va limon kislotasini aralashtirib, olovga qo`yasiz-da, qiyom tayyorlaysiz.
4) Pirog tayyor bo`lishidan bir oz avval ustidan qiyomni quyib, yana 5 daqiqa olovda ushlang. Pishgach, bo`laklarga ajratib kesib oling.
Tayyorlash vaqti: 20 daqiqa.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi






