AsosiySUG'DIYONA

SIZ YaXShI ONASIZ! MANA, BUNING 10 BELGISI!

'SIZ YaXShI ONASIZ! MANA, BUNING 10 BELGISI!'ning rasmi

1. G`amxo`rligingizni minnat qilmaysiz. Axir siz taqdim etgan hayot uchun bolangiz bir umr qarzdor-ku!

2. Tushkun kayfiyatingiz, turli muammolaringizni bolangizga bildirmaysiz. Ularni avaylaysiz!

3. Bolaning eng kichik muammolarini ham birgalikda hal etib, to`g`ri yo`naltirasiz. Shu sabab u sizga ishonadi.

4. Ko`pchilik oldida kamsitish, urishish sizning tarbiyangizga xos emas. Izza qilib, ruhini cho`ktirmay, deysiz.

5. Farzandingiz uchun kutilmagan sovg`alar tayyorlab, uning shodlanishidan zavqlanasiz. Bundan ortiq baxt bormi!

6. Ota-ona ishonchli do`stligini xatti-harakatlaringiz orqali namoyon etasiz. Sizning muomalangizdan ular ibrat oladi.

7. Boshqalarning bolasini ham faqat yaxshi gaplar bilan tilga olasiz. Bu sizning oqko`ngil insonligingizdan nishona.

8. Farzandingizning har bir yutug`i siz uchun chinakam bayram. Uni birga nishonlab yanada olqishlaysiz.

9. Uning fiklari, qiziqishlari va maqsadlari bilan qiziqasiz, uni ruhlantirasiz. Bolangiz siz bilan doim maslahatlashadi.

10. Oilada otaning o`rni va hurmati birinchi o`rinda deb o`rgatgansiz.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar