AsosiyHi-tech

TRAFIKNI QANDAY TEJASh MUMKIN?

'TRAFIKNI QANDAY TEJASh MUMKIN?'ning rasmi

Bepul Wi-Fi ulanish nuqtasini topish kerak

Internetga simsiz ulanish ochiq tarmoqlar hamma joyda bor, faqat ularni qaerda va qanday qilib topishni bilish zarur. Bunday joylar aeroport va qahvaxonalar hududlari bilan cheklanib qolmagan.

Bepul Free Zone dasturi jahonning istalgan shahrida mavjud ochiq WiFi bor minglab joylarni topib berishga xizmat qiladi. Dasturning ma`lumotlar bazasi foydalanuvchilarning o`zlari tomonidan to`ldirib boriladi. Buning uchun shahringizning xaritasini olasiz va kerakli joyda bayroqcha o`rnatib chiqasiz. Shundan so`ng Free Zone foydalanuvchilari yana qaerda internetdan bepul foydalanish mumkin bo`lgan joy haqida xabar topadilar.

Fayllarnikeshda saqlab borish kerak

Mobil trafikni sarflaydigan asosiy resurslardan biri — bular xaritalar. Agarda siz Google Maps’dan foydalansangiz, unda xaritani “kesh”da saqlab qolishni unutmang. Ya`ni, xaritalarning sizga kerakli joylarini telefonning vaqtinchalik xotirasiga kiritib qo`ying.

Buning uchun qidirish hoshiyasida quyidagi buyruqni tering: “Ok maps”. So`ngra “Search” tugmasini bosing.

Agarda xaritani “kesh”da saqlash mumkin bo`lsa, ilova bu ish bilan darhol shug`ullanadi va siz saqlab qolish jarayo­nini qurilmangiz ekranida ko`rib turasiz. Saqlab olingan xaritadan tarmoqqa ulanmasdan ham foydalansa bo`ladi.

Bepul ijtimoiy tarmoqlardan foydalaning

Masalan, mobil aloqaning ayrim operatorlari Facebook ijtimoiy tarmog`iga ulanishni bepul qilib qo`yadi. Provayderingiz ushbu imkoniyatni taqdim etganmi yoki yo`qligini bilish uchun manzil kiritiladigan hoshiyaga 0 raqamini tering. Uni quyidagicha ko`rinishda bajarish zarur: https://0.facebook.com. Agarda Facebook`ka kirishga muvaffaq bo`lsangiz, demak siz turgan joyda ushbu funksiya amal qilyapti.

Brauzerda fayllarni siqish sozlamasini yoqing

Chrome va Opera brauzerlarining mobil versiyalarida ma`lumotlarni siqish imkoniyati mavjud. U esa trafikni tejash uchun juda samaralidir. Ushbu funksiyani yoqish juda oson. Sozlamalar bo`limiga kirish, kengayishlar, trafikni qisqartirishni bosish talab etiladi. Natijada, ochmoqchi bo`lgan barcha sahifalaringiz tezroq va osonroq yuklanadi. Bu brauzer tomonidan foto, video va matn­li fayllarni siqishi evaziga ro`y beradi.

Maxsus brauzerlarni o`rnatish kerak

Opera Max brauzeri trafikni tejash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Uning yordamida siz nafaqat telefoningizdagi qaysi dasturlar trafikni ko`proq sarflayotganini bilib olasiz, balki ularni ahamiyatli darajada qisqartirasiz. Opera Max video, fotosuratlar va boshqa tasvirlarni siqib beradi. Bundan tashqari, mazkur brau­zer yordamida siz qaysi ilovalarga ma`lumotlarni uzatish mobil interfeysidan, qaysi biri WiFi tizimidan foydalanishi mumkinligini ko`rsata olasiz.

    Boshqa yangiliklar