AsosiySport

​OSIYo O`YINLARI: O`ZBEKISTON FUTZAL TERMASI ChORAK FINALGA ChIQDI

'​OSIYo O`YINLARI: O`ZBEKISTON FUTZAL TERMASI ChORAK FINALGA ChIQDI'ning rasmi

Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Ashxobod shahrida bo`lib o`tayotgan Yopiq inshootlardagi Osiyo o`yinlarining “B” guruhi 4-turida Xitoy futzalchilariga qarshi bahs yuritdi.

Gollarga boy kechgan bellashuvda 4:4 hisobi qayd etildi. Dastlabki turda BAAni 5:1 hisobida taslim qilgan O`zbekiston ikkinchi turda Maldiv orollarini 9:1 hisobida mag`lub etgan edi. Kecha Bahodir Ahmedov shogirdlari Afg`onistonga 2:4 hisobida yutqazib qo`yishgandi.

Turning yana bir o`yinida Afg`oniston termasi BAAni 4:3 hisobida mag`lubiyatga uchratdi va birinchi pog`onani egallagan holda chorak finalga chiqdi. O`zbekistonlik futzalchilar “B” guruhida 2-o`rinni band etdi va 1/4 finalda “A” guruhi g`olibi – Turkmaniston yoki Vetnam bilan o`ynaydi.

Yopiq inshootlardagi Osiyo o`yinlari

Futzal. “B”guruhi

21 sentyabr, chorshanba

O`zbekiston – Xitoy 4:4

Gollar: Farhod Abdumavlonov (2), Ilhom Hamroev (11), Timur Sadirov (22), Feruz Faxriddinov (32) – Jianfa Zuang (2), Yang Ksyu (13), Yue Lu (23, 39)

O`zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Davron Abdurahmonov, Konstantin Sviridov.

Zaxira: Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Feruz Fahriddinov, Timur Sadirov, Ilhom Hamroev, Artur Yunusov, Davron Choriev, Akmal Xazratqulov, Husniddin Nishonov.

    Boshqa yangiliklar