AsosiySavol-javob

HARBIY YO`NALIShDA O`QISh YoShI ChEGARALANGANMI?

'HARBIY YO`NALIShDA O`QISh YoShI ChEGARALANGANMI?'ning rasmi

HARBIY YO`NALIShDA O`QISh UChUN YoShDA ChEKLOV BORMI?

Oliy harbiy bojxona institutiga kirish uchun nomzodning ma`lumoti va yoshiga doir cheklovlar mavjudmi?

Rahmon Berdiev, Toshkent viloyati, Chirchiq tumani

B.Raimov, Davlat Bojxona qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari:

– O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o`tash tartibi to`g`risidagi nizom (O`zR Prezidentining 14.01.2006 yildagi PQ-257-son qarori bilan tasdiqlangan, 257-son Nizom) talablariga javob beradigan, ya`ni:

o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi ma`lumotiga ega bo`lgan;

harbiy xizmatni o`tamagan 17 yoshdan 21 yoshgacha (qabul yilida 17 yoshga to`ladiganlar) bo`lgan;

harbiy ofiserlar tarkibi unvonlariga ega bo`lmagan harbiy xizmatchilar yoki harbiy xizmatni o`tagan 18 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu institutga o`qishga kirishlari mumkin.

Shuningdek, barcha nomzodlar 257-son Nizom talablariga javob berishi shart. Masalan, nomzodlarning bo`yi o`g`il bolalar uchun 170 sm dan, qiz bolalar uchun 165 sm dan past bo`lmasligi lozim.

    Boshqa yangiliklar