AsosiyJamiyat

​BOSh VAZIR TOShKENTDA AMALGA OShIRILAYoTGAN QURILISh IShLARI BILAN TANIShDI

'​BOSh VAZIR TOShKENTDA AMALGA OShIRILAYoTGAN QURILISh IShLARI BILAN TANIShDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 21 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Shayxontohur tumaniga bordi, deya xabar berdi “Telegraf” nashri.

Bosh vazir avval tumanda joylashgan “Suzuk ota” masjidida, keyin esa “Chorsu” mehmonxonasida bo`lib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, bugun Huvaydo va Ibn Sino dahalariga borib, u erlarda olib borilayotgan obodonlashtirish hamda qurilish ishlari, shuningdek, Ibn Sino mavzesida qurilishi boshlangan yirik ko`ngilochar dam olish maskani va “Shodlik” mahallasining yangi binosi bilan yaqindan tanishadi.

    Boshqa yangiliklar