Agar Roomba nomli changyutgich robotlar endilikda hech kimni ajablantirmay qo`ygan bo`lsa, uy yumushlarini bajaruvchi va hatto keksa insonlarga g`amxo`rlik qiluvchi yordamchi temirtanlar kelajakda kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanishi kutilmoqda.
Roomba changyutgichini ishlab chiqqan muhandislar pol yuvuvchi, cho`milish havzasini tozalay oladigan boshqa "aqlli" temirtanlar ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, joriy yilda bo`lib o`tgan "CES" elektronika ko`rgazmasida deraza oynalarini tozalovchi "Winbot" roboti namoyish qilindi.






