Zarur masalliqlar: 150 gr.sariyog`, 100 gr. shakar, 3 dona tuxum, 3 osh qoshiq asal, 100 gr. maydalangan suli yormasi, 100 gr. qora shokolad, 150 gr. mayiz, 1 choy qoshiq dolchin (korisa) kukuni, 2 choy qoshiq xamiryumshatgich, 350-400 gr un.
Tayyorlash: 1). Chuqurroq idishda xona haroratida erigan sariyog`ni shakar bilan aralashtirib oling. So`ng tuxum va asalni qo`shing.
2). Sariyog`li masalliqqa bo`laklangan shokolad hamda chayilgan mayizni qo`shasiz. So`ng dolchin kukunidan solib, suli yormasini ham qo`shib olasiz. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirgach, xamiryumshatgich va unni qo`shib, xamir qoriladi.
3). Pishiriq qog`ozi to`shalgan patnisga dumaloq shakldagi pechenelarni terib, 180 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo`ying. Pishgach, qand upasi bilan bezatishingiz mumkin.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa.
Manba: "SUG‘DIYONA" gazetasi






