AsosiyHi-tech

BERLINDAGI AQLLI ShAHAR

'BERLINDAGI  AQLLI ShAHAR 'ning rasmi

"Aqlli" uylarni qaerda qurish mumkin, albatta, ular "aqlli" shaharlarda quriladi! "Panasonic" ishtirokida quriladigan bunday uylar Berlinda bunyod etilishi IFA ko`rgazmasi ko`lamida e`lon qilindi. Germaniya poytaxtida, Yaponiyaning “toza” energetikasi usulida jihozlangan, inson yuziga qarab, uning kimligini aniqlovchi xavfsizlik tizimi mavjud bo`lgan 69 ta xonadondan iborat kvartal qurilishi rejalashtirildi.

Ilmiy va texnologik tashkilot tomonidan qurilish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan Adlersxof tumani mahalliy Kremniy vodiysida joylashgan. Bu erda 2017 yilning bahorida Gumboldt universiteti qurilishi ishlari boshlanib, uni 2018 yilning yozida tugatish ham rejaga kiritilgan. Xonadonlarning qurilish loyihalari keksa yoshlilarning ehtiyojini hisobga olgan holda yaratilgan. Yaponiya aholisining aksariyat qismini 70 yoshdan oshgan insonlar tashkil etgani bois qariyalarning mustaqil ravishda hayot kechirishlari uchun "Panasonic" bunga to`liq ixtisoslashtirilgan.

Bundan tashqari, Berlinda qurilishi ko`zda tutilgan “Kelajak shahri” yangi energetik qurilmalari (Etherea Z isitish nasoslari, quyosh panellari, akkumulyatorlari vaAquarea H isitkichlari) bilan jihozlanadi. Ularning sharofati bilan Germaniya poytaxti iste`moldan ko`ra, ko`proq elektr quvvati ishlab chiqaruvchi yana bir ekologik toza elektrostansiyaga ega bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar