Zarur masalliqlar: 400 grammdan tayyor qatlama xamir va qo`y go`shti, 100 gr. pishloq, 1 donadan sabzi va tuxum, 1 bosh piyoz, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Go`sht, sabzi, piyoz va sarimsoqpiyozni go`shtqiymalagichdan o`tkazing. Aralashtirib, tuxum, qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq qo`shing. Tuz, murch sepishni unutmang.
2. Tayyor qatlama xamirni yupqalab yoyib, to`rtburchak shakllar kesib oling. Qiymadan solib, konvert shaklida tuging. Yog`langan qolipga terib, 220 darajada qizdirilgan gaz pechiga yarim soatga qo`ying.
5 kishilik
1 soat
Manba: "SUG‘DIYONA" gazetasi






