Xonanda Shuhrat Daryo 25-26 oktyabr kunlari ilk bor «Istiqlol» san`at saroyida o`zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.
«Shabboda» deb nomlangan dasturda xonanda o`zining azaliy an`anasiga sodiq qolgan holda barcha qo`shiqlarni jonli ijro qiladi.
Dastur mehmoni mohir sozanda Ma`murjon Zilolov bo`ladi. Dasturda xonandaning yangi ijod na`munalari bilan birgalikda, ustoz san`atkorlarning qo`shiqlari, oltin merosimizga aylangan retro taronalar hamda italyancha, ispancha, hindcha, tojikcha qo`shiqlar ham kuylananishi rejalashtirilgan.
Xonanda avvalgi konsert dasturlarini ham jonli ijroda taqdim etgan, biroq bu galgisi avvalgilaridan farqli ravishda «Istiqlol»da bo`lib o`tadi.






