AsosiySUG'DIYONA

«ZARA» — «FAST FASHION» QIROLIChASI

'«ZARA» — «FAST FASHION» QIROLIChASI'ning rasmi

Muhabbat va nochorlik mevasi. Dunyoning eng boy va taniqli insonlaridan biri bo`lgan Rozaliya Mera asli ispaniyalik oddiy bir oila farzandi. Uning biznes olamiga kirib kelish tarixi esa do`konda Rozaliyaning e`tiboriga tushgan, ammo cho`ntagi uchun qimmatlik qilgan pijamadan boshlangan.

Xotinining pijamaga tikilganini ko`rgan Rozaliyaning eri Amansio esa taniqli bir dizaynerning qo`lida ishlagan va tikish sirlaridan voqif edi. U tezda sevimli rafiqasiga xuddi shunday pijama tikib, sovg`a qiladi. Bundan oila byudjeti ham zarar ko`rmaydi. Shu tariqa er‑xotin pul jihatidan hammabop va sifatli liboslar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishadi. Ilk xomaki namunalardan tortib tikishgacha er‑xotin o`zlari qilishardi. Keyinchalik sodir bo`lgan voqea ularning biznesini yanada rivojlanib ketishiga sabab bo`ladi. Rozaliya va Amansio ulgurji savdo ham qilishardi. Ammo kunlardan bir kuni katta sonli buyurtma bergan mijoz o`z fikridan qaytadi va buyurtmani sotib olishdan bosh tortadi. Har bir ishda xayr bor, deganlaridek Rozaliya bu voqeadan tushkunlikka tushmaydi, balki aksincha, eriga kichik bir do`koncha ochib, o`sha erda qolib ketgan kiyimlarni sotishni taklif qiladi. Er‑xotin do`kon ochib, unga Zorba – o`z sevgan film qahramonining nomini berishadi. Ammo do`konni hujjatlashtirishda tug`ilgan muammo sababli Zara deb nomlashadi. Hozirga kunga kelib esa «Zara» brendi butun dunyoga tanilgan va har bir ayolning garderobidan joy olgan brendlardan biriga aylangan.

Manba: «SUG‘DIYONA»gazetasi.

Boshqa yangiliklar