Berlinda har yili iste`moldagi elektronika, uning aksessuarlari va maishiy texnikaning IFA nomli ko`rgazmasi o`tkaziladi. Yaponiyaning "Panasonic" kompaniyasi bu yil "kelajak uylari"ni gadjet-shou orqali namoyish etib, ko`rgazma ko`lamini o`zgartirdi...
Ko`rgazmada interfaol, ultrazamonaviy, simsiz tarmoq orqali o`zaro aloqada bo`luvchi maishiy texnika bilan jihozlangan uylar namoyish etildi. Kompaniyaning ma`lumot berishicha, 3-5 yildan keyin har bir iste`molchi bunday uyga ega bo`lishi mumkin. “Kelajak uylar”ida yashovchi har bir odam kerakli ma`lumotlarni o`zida aks ettiruvchi sensorli, shaffof ekranlar bilan hamkorlikda yashaydi. Uni mehmonxonaga qo`yilgan televizorga qiyoslash mumkin. Agar u o`chirib qo`yilsa, umuman ko`zga tashlanmaydi.






