AsosiySavol-javob

O`RINDOShLIK ASOSIDA IShLAYoTGAN HOMILADORNI IShDAN BO`ShATISh MUMKINMI?

'O`RINDOShLIK ASOSIDA IShLAYoTGAN HOMILADORNI IShDAN BO`ShATISh MUMKINMI?'ning rasmi

HOMILADOR O`RINDOShNI IShDAN BO`ShATIB BO`LADIMI?

Agar o`rindosh homilador ayol birgalikda bajarayotgan lavozimga boshqa xodim asosiy ish tarzida ishga olingan bo`lsa, uni ishdan bo`shatish mumkinmi?

B.Zufarov, kadrlar xizmati menejeri

Yo`q, mumkin emas. Mehnat kodeksi 100-moddasi ikkinchi qismining 5-bandida yo`l qo`yiladigan, uning uchun asosiy ish hisoblanadigan boshqa xodim ishga qabul qilingan taqdirda o`rindoshlik bo`yicha ishlaydigan shaxs bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining tashabbusiga ko`ra mehnat shartnomasini bekor qilish uchun qo`shimcha asos hisoblanadi. Biroq, Mehnat kodeksi 237-moddasi birinchi qismining mazmunidan kelib chiqishicha, homilador ayollar va 3 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollarni ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo`shatishga yo`l qo`yilmaydi, korxona to`liq tugatilib, albatta boshqa ishga joylashtirish sharti bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadigan hollar bundan mustasno.

Shu sababli homilador ayol o`rindoshlik bo`yicha bajarayotgan ishga uning uchun asosiy ish hisoblangan boshqa xodimni ishga qabul qilish ushbu o`rindosh ayol bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo`lib xizmat qilishi mumkin emas.

    Boshqa yangiliklar