AsosiySavol-javob

«TENGLIKKA QARShIMAN!»

'«TENGLIKKA QARShIMAN!»'ning rasmi

– Ma`lum sabablarga ko`ra erim bilan ajrashayapmiz. Nikoh davrida hozir yashab turgan uyimizdan tashqari yana ikki xonali kvartira xarid qilingan. Mol-mulk bo`linayotganida ushbu mulk ham teng baravar bo`linar ekan. Erim «Uyning yarim narxini olsam bo`lgani», deydi. Bolalarimning kattasi yigirmada, kichigi o`n oltida. Ikkisi ham men bilan qoladi. Shuni inobatga olib, uyning yarim narxidan ko`prog`iga davo qilishim mumkinmi?

Mukarram Sattorova, Denov shahri

— Agar eringiz o`z ixtiyori bilan uy qiymatining yarmidan ko`pini qoldirishga rozi bo`lsagina, ushbu ulushni olishga haqlisiz.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

    Boshqa yangiliklar