-Tog`am bilan yangam ancha yillardan buyon birga yashashmaydi. Bir paytlar yangam “Biz qonuniy ajrashdik”, degandi. Biroq ma`lum bo`lishicha, haligacha ularning nikohlari qonuniy bekor qilinmagan ekan. Hozir tog`am buvim va kichik ukasining oilasi bilan ota hovlisida yashamoqda. Ishga joylashishi uchun uni shu uyga doimiy ro`yxatga qo`yishmoqchi. Agar shunday qilinsa, “propiska”si borligidan foydalanib, yangam va uning farzandlari keyinchalik buvimning uyiga da`vo qilishlari mumkinmi?
Farida Xo`jamnazarova, Toshkent shahri
-Amaldagi uy-joy qonunchiligiga asosan, turar joyda 6 oydan ziyod sababsiz istiqomat qilmagan fuqaro, ushbu uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum bo`lishi belgilangan. Turar joy ro`yxatiga o`tish uchun esa, albatta, mulkdorning roziligi talab etiladi. Shu sabab tog`angizning turmush o`rtog`i uzoq yillardan buyon u bilan birga yashamayotgan va ular o`rtasida nizo mavjud bo`lsa, mulkdor roziligisiz uy ro`yxatiga qo`yilmaydi.Manba: «Sug'diyona» gazetasi






