UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin PSJ klubi tomonidan moliyaviy Fair Play qoidalari buzilgan bo`lishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Agar PSJ moliyaviy Fair Play qoidasini buzgan bo`lsa, uni evrokuboklardan chetlatishga tayyorman. Biz PSJ klubini jazolashdan qo`rqmaymiz. Hech kim qonundan ustuvor bo`lishi mumkin emas", - dedi Cheferin L'Equipe xabarida.
Eslatib o`tamiz, PSJ yozda Neymar va Yuri Berchiche transferi uchun 238 mln evro sarfladi. Bundan tashqari, 135 mln evroga xarid qilish majburiyati bilan Kilian Mbappeni ijaraga oldi.






