AsosiyDunyo

FUQAROLIGI ENG BEFOYDA BO`LGAN MAMLAKAT NOMI MA`LUM BO`LDI

'FUQAROLIGI ENG BEFOYDA BO`LGAN MAMLAKAT NOMI MA`LUM BO`LDI'ning rasmi

Afg`oniston fuqaroligi dunyoda eng foydasi kam deb topildi. Bu haqdagi ma`lumot Henley & Partners konsalting kompaniyasining reytingidan joy oldi.

Afg`oniston fuqarolari faqatgina 24 davlatga bemalol borishlari mumkin. Nemis pasporti egalari eng baxtli fuqarolardan bo`lib chiqdilar, ular 176 mamlakatga vizasiz borish huquqiga ega. Uchlikka shuningdek Fransiya va Daniya ham kirdi. Ularning ketidan Islandiya, Shvesiya, Norvegiya va Finlyandiya ham joy oldi.

Reyting vizasiz borish mumkin bo`lgan davlatlar soni, inson rivojlanishi mumkin bo`lgan imkoniyatlar, iqtisodiyot ko`rsatkichi kabi omillar inobatga olingan holda tuzilgan.

    Boshqa yangiliklar