AsosiyHi-tech

O`SIMLIKLAR QUVVATI BILAN IShLAYDIGAN ChIROQLAR YaRATILDI

'O`SIMLIKLAR QUVVATI BILAN IShLAYDIGAN ChIROQLAR YaRATILDI'ning rasmi

Statistika va axborot Milliy institutining ma`lumotlariga ko`ra, Peru junglilarida yashovchi aholining 42 foizi elektr quvvatidan foydalanish imkoniga ega emas.
Peru muhandislik va texnologiya universiteti ana shu muammoni bartaraf etish maqsadida yangi ixtiroga qo`l urdi.

“Plantalamparas” deb nom olgan yangi lampochkalar o`simliklar quvvati bilan ishlaydi. To`g`rirog`i, o`simlikdan olinadigan chiqindidan quvvat ishlab chiqaradi va uni yorug`likka aylantiradi. Ushbu ixtiro hozircha uncha katta bo`lmagan Nuevo-Saposoa qishlog`i ahlining elektr quvvatiga bo`lgan ehtiyojini qondirmoqda. Ushbu chiroqlar yordamida uy bekalari kechki ishlarini bitirib, o`quvchilar darslarini tayyorlash­yapti.

    Boshqa yangiliklar