— O`g`lim 1,5 yoshda, shamollab qoldi. Uni o`zim istagan shifokorga ko`rsatsam bo`ladimi yoki faqat tuman oilaviy poliklinikasiga murojaat qilishim kerakmi? Xususiy shifoxonalarning kasallik ta`tili to`g`risidagi ma`lumotnomasini ish joyimga taqdim etishim mumkinmi?
Malika, Sirdaryo tumani
— Bolaning tug`ilganidan e`tiboran qayd etilib kelinadigan kasallik varaqasi, uning yashash joyi bo`yicha beriladi. Shu bois, shifokor ko`rigi uchun tuman oilaviy poliklinikasiga murojaat etganingiz ma`qul. Bordiyu, boshqa shifokorga ko`rsatmoqchi bo`lsangiz, bu sizning ixtiyoringiz. Ammo u shifokor bola parvarishi maqsadida siz uchun kasallik ta`tilini rasmiylashtirmaydi. Bu jarayon yashash manzili bo`yicha amalga oshiriladi. Biroq ayrim tarmoqlarning o`z xodimlari uchun xizmat qiladigan shifoxonalari mavjud bo`lib, ular tomonidan beriladigan ma`lumotnomani ish joyiga taqdim etish mumkin.






