Koreyadagi o`zbek taomlari restoranida palovga bo`lgan talab keskin oshdi. Bu haqda oshpaz Bahriddin Chustiyning Facebook’dagi sahifasiga asoslanib UZ24 yozdi.
“Bugun Koreyadagi Lazzat restorani rahbari telefon qilib, Ginnes oshidan keyin savdoimiz bir necha barobarga oshdi, odamlar o`sha Ginnesga kirgan oshni eyish uchun “oqib” kelmoqda dedilar”, - deb yozgan Bahriddin Chustiy.
8 sentyabr kuni Toshkentda “O‘zbegim” festivali doirasida tayyorlangan 7 tonnayu 360 kg keladigan eng katta palov Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.






