Air Berlin aviakompaniyasi 70 ga yaqin reysni bekor qildi.
Euronews’ ning yozishicha, reyslar uchuvchilarning katta qismi kasallik varaqasi ochtirgani sabab qoldirilmoqda.
Uchuvchilarning bu namoyishi avgustda bankrot bo`lgan kompaniyaning yangi egasiga o`tishiga qarshi amalga oshirilmoqda. Ular ish o`rinlarining qisqarishi va maoshlarning tushishidan havotirda.
Reyslarning bekor bo`lishi Berlin, Dyusseldorf, Gamburg va Kyoln aeroportidan uchmoqchi bo`lgan 7000 nafar yo`lovchiga ta`sir qildi. Air Berlin – Germaniyaning kattaligi bo`yicha ikkinchi aviakompaniyasi sanaladi.






