AQSh davlat qarzi tarixda ilk bor 20 trillion dollardan oshdi, deb yozadi Business Insider.
Mart o`rtalaridan qarz 19,84 trillion dollar ko`rsatkichida muzlatib qo`yilgandi.
O`tgan haftada Donald Tramp “Xarvi” dovulidan aziyat chekkanlarga yordam berish uchun vaqtincha ko`tarilishi haqida qonun imzoladi. Ushbu hujjat partiya va fraksiyalar o`rtasida byudjet kelishmovchiliklari yuzaga kelishini oldini oladi.
Ayni damda qarzdorlik ko`rsatkichi 20,164 trillion dollarga etdi va o`sishda davom etmoqda.
Barak Obama boshqargan vaqtda mamlakat qarzi 10,63 trilliondan ikki marta o`sdi.






