AsosiySUG'DIYONA

«HOMILADOR BO`LOLMAYaPMAN, NIMA QILAY?..»

'«HOMILADOR BO`LOLMAYaPMAN, NIMA QILAY?..»'ning rasmi

Turmush qurganimga 2 yilu 7 oy bo`ldi. Barcha tahlillarni topshirdik, tekshiruvlardan o`tdik. Shifokorlarning xulosasi: biz soppa-sog`miz. Lekin shu paytgacha homilador bo`lolmayapman. Hatto bachadon ichi inseminasiyasini ham qildirdik. Afsus, natija bermadi. Yana nimalar qilishni tavsiya etasiz?

Sevara, Toshkent shahri

— Hozirgi kunda bepushtlikning 40 ga yaqin sababi mavjud. Barcha turini aniqlash sanoqli klinikalar, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan amalga oshiriladi. Agar barcha tekshiruvlar o`tkazilgan, tibbiyotga ma`lum bo`lgan holatlar aniqlanmagan bo`lsa, bu bepushtlikning noaniq turi hisoblanadi. Lekin qaysi tekshiruvlardan o`tganingizni yana bir bor ko`zdan kechiring. Masalan, ba`zilar er-xotinning o`zaro moslik tekshiruvini unutib qoldiradi. Bu esa muhim tekshiruv. Rostdan ham barcha zarur tahlillarni topshirgan bo`lsangiz, endi homiladorlikka ruhan tayyorgarlik ko`ring. Asabiylashaverish ham muammoning chuqur ildiz otishiga sabab bo`lishini unutmang.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Boshqa yangiliklar