AsosiySport

“ASIAN FIGHT 2017” TURNIRI G`OLIBLARI IShONChNI OQLAShDI!

' “ASIAN FIGHT 2017” TURNIRI G`OLIBLARI IShONChNI OQLAShDI!'ning rasmi

Uzoq kutilgan va shov-shuvlarga sabab bo`lgan “Asian Fight 2017” turniri g`oliblari aniq bo`ldi...

Janglarda natijalar quyidagicha ko`rinish oldi:

Kechaning ilk jangida AYuBXON KAMOLOV hindistonlik VIKASh DAHIYaNI nokaut evaziga mag`lub etdi.

ULUG`BEK UMAROV esa afg`onistonlik ABDUL SAMI FAIZIga birinchi raunddayoq imkoniyatni boy berdi.

ISROILJON RASULOV Singapurdan tashrif buyurgan MUHAMMAD KAIRIni nokaut evaziga mag`lubiyatga uchratdi.

Kechaning to`rtinchi jangida MUHAMMADALI TOShTURG`UNOV QIRG`IZISTONLIK BEKTUR MANGIEVdan ochkolar hisobida ustun keladi.

HASANXON BARATOV rossiyalik MIXAIL KOLDORKINga qarshi murosasiz jangda nokaut evaziga ustun keldi.

Og`ir vaznli sportchimiz JASUR MIRZAMUHAMMEDOV kiprlik VARTAN APARIANni o`zining aniq zarbasi evaziga nokautga uchratdi.

AHLIDDIN MIRZADAVLATOV esa muxlislarga tomoshabop jang uyushtirib berdi va qozog`istonlik raqibi XOLMUROD XIZIROVni nokautga uchratdi.

Kechaning so`nggi jangida esa taniqli sportchimiz MAHMUD MURADOV ozarbayjonlik ZIYa MIRZAEVni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, navbatdagi g`alabani qayd etdi.

Cadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Boshqa yangiliklar