AsosiyHi-tech

ROBOT HAM ROMAN YoZADIMI?

'ROBOT HAM ROMAN YoZADIMI?'ning rasmi

Bir guruh olimlar jamoasi sun`iy ong yordamida “Kompyuter roman yozgan kun” nomli qisqa roman yaratishdi. Yaponiyaning Xakodate Kelajak universiteti olimlari tomonidan yaratilgan ushbu asar “Nikkei Hoshi Shinichi” adabiy mukofotiga loyiq ko`rildi.

“The Japan News” ma`lumotiga ko`ra, ushbu tanlovga 1450 ta asar taqdim etilgan. Shundan 11 tasi algoritmlar yordamida yozilgan. Hay`at a`zolari qaysi asarlar inson qo`li bilan, qaysi biri sun`iy ong yordamida yaratilganini oshkor etishmagan.
“Mazkur roman badiiy jihatdan mukammal yaratilganidan rosa hayratlandim. Biroq qahramonlar xarakterini ochib berishda birmuncha kamchiliklar ko`zga tashlanadi”, — deydi ilmiy fantast Satoshi Xase.
“Shu paytga qadar sun`iy ongdan asosan echimi mavjud bo`lgan ilmiy masalalarni hal etishda, turli elektron o`yinlarni o`ynashda foydalanilardi. Men kelgusida bu imkoniyatdan badiiy ijodda ham foydalanishga qaror qildim”, — deydi professor va jamoa rahbari Xitosi Masubara.
Ma`lumotlarga ko`ra, roman yozish uchun olimlar mazkur dasturga bosh qahramonlarning tarjimai holi, syujet tavsifi, asosiy jumla va iboralarni kiritishgan.

    Boshqa yangiliklar