- Ikki yil muqaddam otam insultni o`tkazib, tanasining bir tarafi falaj holatga kelib qolgan. O`zi mustqil harakatlana olmaydi. Hozirda istiqomat qilayotgan hovlimiz otamning nomida. Yaqinda shu uyni sotuvga qo`ydik. Ayting-chi, uyning mulkdori mustaqil harakatlanishga qodir bo`lmasa, oldi-sotdi shartnomasini qanday amalga oshirish mumkin?
- Komil, Namangan viloyati
- Bu holatda oldi-sotdi sharnomasini amalga oshirish vaqti mulkdorning ayni damdagi axvoli hisobga olinib, notarius uyga chaqiriladi.Agar otangiz shartnomani imzolay olmasa, uning nomidan u tanlagan shaxs (uchinchi shaxs) imzo chekishi mumkin. Bu haqda shartnomani rasmiylashtirishda notarius tomonidan qo`shimcha yozuvlar kiritilib,tushuncha beriladi.
- Manba: «Sug'diyona» gazetasi
11.09.2017 15:40
“Otamning o`rniga kim ma`sul?”






