AsosiyDunyo

SAUDIYa ARABISTONI POLISIYaSI KO`ChADA “MAKARENA”GA RAQSGA TUShGAN O`SMIRNI QAMOQQA OLDI (VIDEO)

'SAUDIYa ARABISTONI POLISIYaSI KO`ChADA “MAKARENA”GA RAQSGA TUShGAN O`SMIRNI QAMOQQA OLDI (VIDEO)'ning rasmi

Saudiya Arabistoni polisiyasi Jidda shahar ko`chalarining birida 1990 yillarda mashhur bo`lgan “Makarena” nomli qo`shiqqa raqsga tushgan 14 yoshli o`smirni qamoqqa oldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

O`smirning raqsi aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`ldi. Polisiyachilar o`smirni ogohlantirib, qo`yib yuborishdi. O`smirning millati va ismi-sharifi oshkor etilmadi.

“Makarena” qo`shig`i Saudiya Arabistonida rasman taqiqlangan. Mahalliy hukumat vakillarining so`zlariga qaraganda, u giyohvandlik moddasi iste`mol qilishni targ`ib qilar ekan.


    Boshqa yangiliklar