Do`kondan shokolad o`g`irlagan bolani skotchlab qo`ygan sotuvchi shartli ravishda ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Voqea Rossiyaning Yakutsk shahridagi kichik do`konlardan birida ro`y berdi. Bolaning shokolad o`g`irlaganini sezib qolgan sotuvchi o`zicha jazolamoqchi bo`lib, uning qo`llarini va og`zini skotchlab qo`ygan. U bolani shu tarzda 10 daqiqa davomida do`kon omborxonasida ushlab turgan.
Voqeaga guvoh bo`lgan qiz sotuvchidan bolani qo`yib yuborishni talab qilgan va hodisani videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Shundan keyin bo`lib o`tgan hodisa hammaga oshkor bo`ldi. Tergov qo`mitasi sotuvchiga nisbatan “Voyaga etmagan bolani noqonuniy jazolash” moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atdi. Erkakka nisbatan ikki yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.






