AQShda ikkita tezyurar poezdning to`qnashuvi oqibatida kamida 33 kishi jabrlandi, hozircha halok bo`lganlar haqida ma`lumotlar berilmadi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Amerikaning Pensilvaniya shtatidagi Apper Derbi shahridagi bekatlardan birida ikkita tezyurar poezd to`qnashdi. To`qnashuv oqibatida 33 kishi jarohatlandi, halok bo`lganlar haqida ma`lumotlar berilmadi.
Nashrning xabar berishicha, ichida yo`lovchilari bo`lgan sostav, bekatda to`xtab turgan poezdga kelib urilgan. Ayni paytda jabrlanganlar kasalxonaga yotqizildi, halokat oqibatlari o`rganilmoqda.






