AsosiyDunyo

​HINDISTONDA TEMIRYO`L HALOKATI OQIBATIDA O`NLAB INSONLAR HALOK BO`LDI

'​HINDISTONDA TEMIRYO`L HALOKATI OQIBATIDA O`NLAB INSONLAR HALOK BO`LDI'ning rasmi

19 avgust, shanba kuni Hindistonda yirik temiryo`l halokati yuz berdi. Dehlidan 130 kilometr uzoqlikda joylashgan Uttar-Pradesh shtatida yo`lovchi poezdi relsdan chiqib ketdi.

Xabar berishlaricha, halokat oqibatida 14 ta vagon ag`anab ketgan.Qutqaruvchilar hodisa joyida bir necha soat ish olib borgan. Hindiston rasmiylarining bergan ma`lumotlariga ko`ra, halokat oqibatida 23 nafar kishi halok bo`lgan.

64 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 50 nafarining ahvoli og`irligi aytilmoqda.

Poezd Puri shahridan Xaridvar shtatiga harakatlanayotgan edi. Halokat yo`lning ta`mirlanayotgan qismida yuz bergan. Poezd soatiga 100 kilometrdan yuqoriroq tezlikda harakatlanayotgan edi. Odatda yo`lning ta`mirlanayotgan qismida poyozd soatiga 10-15 kilometr tezlikda harakatlanishi talab etiladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, temiryo`l boshqarmasi xodimlari yo`llarda ta`mirlash ishlari olib borilayotgani haqida o`z vaqtida xabar bermagan.

    Boshqa yangiliklar