AsosiyDunyo

​YO`QOLGAN NIKOH UZUGI 13 YILDAN KEYIN SABZIDAN TOPILDI

'​YO`QOLGAN NIKOH UZUGI 13 YILDAN KEYIN SABZIDAN TOPILDI'ning rasmi

Kanadaning Alberti shahrida yashovchi 84 yoshli Meri Grem ismli ayol bundan 13 yil ilgari brilliant ko`zli uzugini yo`qotgan edi, yo`qolgan uzuk yaqinda tomorqasidagi sabzidan topildi, deb xabar berdi Bbc.com nashri.

2004 yilda ayol tomorqada ishlayotganda uzugini yo`qotib qo`ygan edi. Meri bundan qattiq siqilgan bo`lsa-da, bo`lib o`tgan voqeani o`g`lidan boshqa hech kimga aytmadi. O`g`li esa onasiga xuddi yo`qolgan uzukka o`xshash uzuk xarid qildi. Ayol ham hech nima bo`lmagandek, 13 yil mobaynida oddiy uzukni taqib yurdi.

Dushanba kuni ayolning kelini ovqat uchun tomorqadan sabzi qazib oldi. Qiyshayib o`sgan sabzini yuvar ekan, uning ustidagi qaynonasining uzugiga ko`zi tushdi, shunday qilib ayolning 13 yillik siri fosh bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar