AsosiyJamiyat

IChKI IShLAR AKADEMIYaSIGA O`QIShGA KIRISh UChUN TEST SINOVLARI BEKOR QILINDI

' IChKI IShLAR AKADEMIYaSIGA O`QIShGA KIRISh UChUN TEST SINOVLARI BEKOR QILINDI'ning rasmi

17 avgust kuni Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Sohada kadrlar masalasini samarali hal qilish maqsadida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Ichki ishlar akademiyasiga o`qishga kirish uchun test sinovlari bekor qilinib, yangi tartib belgilandi. Unga ko`ra, Ichki ishlar vazirligining oliy ta`lim muassasalariga nomzodlarni maqsadli tayyorlaydigan akademik liseylar tashkil etiladi. 2020 yildan boshlab tinglovchilar o`qishga mana shu liseylar bitiruvchilari va ichki ishlar organlari xodimlari orasidan suhbat va kasbiy tanlov asosida qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar