AsosiyDunyo

​ISPANIYaDAGI TERAKT OQIBATIDA 18 MAMLAKAT FUQAROLARI JABRLANDI

'​ISPANIYaDAGI TERAKT OQIBATIDA 18 MAMLAKAT FUQAROLARI JABRLANDI'ning rasmi

Barselona markazida yuk mashinasi piyodalar ustiga bostirib borishi natijasida kamida o`n sakkizta davlat fuqarolari jabrlandi, deya xabar berdi TASS nashri.

Teraktda Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Argentina, Venesuela, Belgiya, Avstraliya, Vengriya, Peru, Shimoliy Irlandiya, Gresiya, Kuba, Makedoniya, Xitoy, Italiya, Ruminiya va Jazoir fuqarolari jabrlangani haqida ma`lumotlar bor.

Eslatib o`tamiz: Barselonada 17 avgust kuni terakt ro`y berdi, shaharning piyodalar yuradigan asosiy ko`chasi — Ramblada yuk mashinasi katta tezlikda piyodalar ustiga bostirib bordi. 13 kishi halok bo`ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o`z zimmasiga oldi.

    Boshqa yangiliklar