AsosiyDunyo

​HAYVONOT BOG`IDAN QOChGAN TOShBAQA 2 HAFTA DAVOMIDA 140 METR “YO`L BOSDI”

'​HAYVONOT BOG`IDAN QOChGAN TOShBAQA 2 HAFTA DAVOMIDA 140 METR “YO`L BOSDI”'ning rasmi

Yaponiyaning Okayama provinsiyasidagi Shibukawa hayvonot bog`idan avgust oyining boshida qochgan Abu laqabli ulkan toshbaqa bog`dan atigi 140 metr naridagi butazordan topildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Mazkur topilma uchun suyunchi puli e`lon qilingan edi. 35 yoshli, bo`yi bir metr, og`irligi 55 kilogramm bo`lgan toshbaqa hayvonot bog`i hududida erkin harakat qilardi. Toshbaqa yo`qolgandan keyin hayvonot bog`i egasi uni topgan odamga 500 ming yen (4500 AQSh dollari) mukofot puli berishini e`lon qilgan edi.

Abuni mahalliy aholidan biri topdi. Hayvonot bog`i ma`muriyati kelajakda toshbaqaning yana qochib ketmasligi uchun xavfsizlik choralarini ko`rdi.

    Boshqa yangiliklar