AsosiyDunyo

SAUDIYa ARABISTONIDA AVGUST OYIDAN BERI IKKINChI ShAHZODA OLAMDAN O`TDI

'SAUDIYa ARABISTONIDA AVGUST OYIDAN BERI IKKINChI ShAHZODA OLAMDAN O`TDI'ning rasmi

Saudiya Arabistonidagi qirollik saroyida shahzoda Bandar bin Fadda bin Saada bin Abdulrahmon al Saudiyning vafot etgani ma`lum qilindi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.

Hozircha o`lim sabablari ma`lum emas. 8 avgust kuni barcha Saudiya Arabistoni OAVlari shahzoda Salmon bin Abdulloh bin Turki al Saudiyning vafot etgani haqida ma`lum qilgan edi. Uning o`limi sababi ham oshkor etilmagandi.

Payshanba kuni olamdan o`tgan shahzola Bandar al Saudiy mamlakat poytaxti Er-Riyodda, Salmon al Saudiyga janoza o`qilgan masjidda so`nggi yo`lga kuzatiladi.

O`tgan yilning 19 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida shahzoda Turkiy bin Saud al Kabiriyga nisbatan o`lim jazosi qo`llangan edi. Qirollik oilasi a`zosi uch ilgari sodir etilgan qotillikda ayblangandi.

Ayni paytda Saudiya Arabistonida ibn Saudning besh ming nafardan etti ming nafargacha bo`lgan avlodi istiqomat qiladi, ularning barchasi amiriy shahzodalar hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar