AsosiySport

“BARSELONA” KETMA-KET 3 TA FINALNI “REAL”GA BOY BERDI

'“BARSELONA” KETMA-KET 3 TA FINALNI “REAL”GA BOY BERDI 'ning rasmi

Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida Ispaniya Superkubogi javob bahsida “Real” xamda “Barselona” jamoalari o`rtasidagi bahs bo`lib o`tdi. Unda Zinedin Zidan boshqaruvidagi “Real” Asensio xamda Benzemalarning gollari sabab, 2:0 hisobida g`alaba qozondi.

“Kamp Nou”da o`tgan ilk bahsda “Real” 3:1 hisobida g`alaba qozongan edi. Shu tariqa, “Real” 2017 yilgi Ispaniya Superkubogini qo`lga kiritdi.

E`tiborlisi, “Barselona” “Real”ga qarshi so`nggi 3 ta finalning barchasini boy berdi. 2012 yil Joze Mourino boshqaruvidagi “Real” Ispaniya Superkubogi doirasida ikki o`yin natijasiga ko`ra, g`olib chiqqan edi.

2014 yilgi Ispaniya kubogi finalida Karlo Anchelottining “Real”i 2:1 hisobida kataloniyaliklardan ustun kelgan edi. Bugungi natija esa uchinchisi bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar