AsosiyJamiyat

​ANDIJONDA 3071 NAFAR LISENZIYaSIZ PULLIK XIZMAT KO`RSATAYoTGAN HAYDOVChILAR ANIQLANDI

'​ANDIJONDA 3071 NAFAR LISENZIYaSIZ PULLIK XIZMAT KO`RSATAYoTGAN HAYDOVChILAR ANIQLANDI'ning rasmi

Andijon viloyati IIB Yo`l-patrul xizmati xodimlari tomonidan yo`l-transport hodisalarini oldini olish va haydovchilar tomonidan fuqarolarga transport vositalarida pullik xizmat ko`rsatishni qonuniyligini aniqlash maqsadida, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda reydlar o`tkazilmoqda.

O`tgan davr mobaynida soha xodimlari tomonidan o`tkazilgan reydlar natijasida 2021 nafar shaxs transport vositasini mast holatda boshqarganligi, 3071 nafar shaxs aholiga lisenziyasiz pullik xizmat ko`rsatayotganligi, 9028 nafar shaxs transport vositasini belgilangan tezlik me`yorlaridan oshirib boshqarganligi, 86 nafar shaxs svetoforning ta`qiqlovchi qizil chirog`iga rioya qilmasdan harakatlanganligi, 34803 nafar shaxs xavfsizlik kamarini taqmay harakatlanganligi aniqlanib, qoidabuzar haydovchilarga nisbatan tegishli ma`muriy choralar ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar