Bugun Abdulla Aripov boshchiligidagi delegasiya Qirg`iziston Respublikasiga etib bordi. Ularni "Manas" aeroportida Qirg`iziston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Muhammadkaliy Abulgaziev va Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev kutib oldilar, deya xabar qildi Uzbekistan24.

Xabar qilinishicha, bugun "Ala-Archa" davlat rezidensiyasida Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboev Bosh vazirimiz Abdulla Aripovni qabul qiladi. Keyin esa Aripov qirg`izistonlik hamkasbi Soorenbay Jeenbekov bilan uchrashadi.


Eslatib o`tamiz, O`zbekiston delegasiyasi Bishkek shahrida bo`lib o`tadigan Ikki tomonlama hamkorlik va Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha O`zbekiston-Qirg`iziston hukumatlararo komissiyalari majlislarida ishtirok etadi.






