O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar berishicha, 2017-yilning 16-avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Qirg`iziston Respublikasida bo`ladi.
O`zbekiston delegasiyasi Bishkek shahrida bo`lib o`tadigan Ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha va Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha O`zbekiston-Qirg`iziston hukumatlararo komissiyalari majlislarida ishtirok etadi.
Qirg`iziston tomonidan Hukumatlararo komissiyalarning hamraisi Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov.
Muzokaralar davomida O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish kutilmoqda.






