AsosiyJamiyat

Islom Karimov O`zbekiston-Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo`mitasi hamraisini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 31 oktyabr kuni Oqsaroyda O`zbekiston-Xitoyhukumatlararohamkorlik qo`mitasi hamraisi, XKP MQ Siyosiy byurosi a`zosi Men Szyanchjuni qabul qildi. 

Uchrashuvda davlatimiz rahbari strategik hamkorlik, do`stlik, tenglik va o`zaro hurmat tamoyillariga asoslangan O`zbekiston-Xitoy munosabatlari bugungi kunda hamkorlikning barcha yo`nalishlarida izchil rivojlanayotganini ta`kidladi, deya xabar beradi O`zA O`zbekiston-Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo`mitasi faoliyatining asosiy yo`nalishlari imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, ikki davlat rahbarlari e`tiborida bo`lgan o`zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish ekanligi uchrashuvda alohida ta`kidlandi. Toshkentda bo`lib o`tgan O`zbekiston-Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo`mitasi va uning tarkibidagi ettita qo`mitalarning majlislarida savdo-iqtisodiy va investisiyaviy, madaniy-gumanitar va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, shuningdek, transport, qishloq xo`jaligi, turizm hamda moliyaviy sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo`yicha aniq takliflar ishlab chiqildi. Oqsaroydagi uchrashuv chog`ida mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Men Szyanchju Prezidentimiz Islom Karimovga samimiy qabul hamda ikki mamlakat o`rtasida rivojlanib borayotgan hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar