AsosiyJamiyat

Vengriya va O`zbekiston oliy qonun chiqaruvchi organlari o`rtasidagi hamkorlik muhokama etildi

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Vengriya Respublikasi Milliy majlisi raisi Laslo Kyover rahbarligidagi delegasiya a`zolari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida uchrashuvlar o`tkazdi. 

Muloqotlar chog`ida O`zbekiston va Vengriya o`rtasidagi hamkorlik barcha yo`nalishlar, jumladan, parlamentarizm sohasida ham izchil rivojlanayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar  muhim huquqiy asos bo`lib xizmat qilayotgani ta`kidlandi, deb xabar beradi O`zA. Uchrashuvda ikki mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organlari o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.       Delegasiya a`zolari mamlakatimizning boshqa bir qator vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o`tkazdi.

    Boshqa yangiliklar