14.08.2013 22:36
GM Uzbekistan Rossiyada mashinalar sotuvini kamaytirdi
Agar 2012 yilning birinchi yarmida Rossiyada 50549 o`zbek avtosi sotilgan bo`lsa, bu yil ushbu ko`rsatkich 38%ga kamayib 31182 donani tashkil etgan, deb yozadi Evropa biznesi Assasiasiyasining avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo`mitasiga tayangan [url=http://www.uzdaily.uz/articles-id-16729.htm]Uzdaily nashri.
Qo`mita bergan ma`lumotlarga ko`ra, 2013 yilning iyulida "GM Uzbekistan" qo`shma korxonasining Rossiyadagi avtomobil savdosii 51%ga pasayib, 9103 tadan 3908 donaga tushgan.
Jumladan, Nexia markasidagi mashinalar sotuvi yanvar-iyulda - 42% ga (17622dona) va iyulda - 64%ga (2,106 ming dona) kamaygan. Qolgani Matiz hisobiga (yanvar-iyul – 13,56 ming dona, iyulda – 1802 dona) to`g`ri keladi.
2013 yil iyul oyi yakuniga ko`ra, "GM Uzbekistan" qo`shma korxonasi Rossiyada avto sotuvi bo`yicha 14 - o`rinda bormoqda. Nexia esa eng xaridorgir mashinalar orasida 24 - o`rinda qayd etilgan





