AsosiySport

O`zbekiston chempionati nazoratchi va hakamlari uchun o`quv-amaliy seminarlar tashkil etiladi

'O`zbekiston chempionati nazoratchi va hakamlari uchun o`quv-amaliy seminarlar tashkil etiladi 'ning rasmi

2 iyul kuni O`zbekiston Birinchiligida faoliyat olib boradigan hakamlar va nazoratchilar uchun o`quv-mashg`ulot seminari tashkil etildi. Ushbu yig`in davomida hakamlar jismoniy tayyorgarlik bo`yicha test topshirib, o`yin epizodlari bo`yicha bir qator qo`llanmalar muhokama qildi.

Shuningdek, xuddi shunday seminar Oliy Ligada faoliyat ko`rsatadigan hakamlar va nazoratchilar uchun ham tashkil qilinadi. Rejaga ko`ra, 6 iyul kuni Oliy Ligada faoliyat ko`rsatadigan nazoratchilar uchun videoseminar tashkil qilinsa, 7 iyul kuni hakamlar uchun yig`in tashkil etiladi.

Unda hakamlar soat 07:30 dan boshlab jismoniy tayyorgarlik bo`yicha test topshiradi, soat 13:30 dan boshlab esa videoepizodlar yordamida futbol qoidalari bo`yicha seminar o`tkaziladi.

Ushbu seminarlarda barcha turdagi OAV xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

Boshqa yangiliklar