1 iyul kuni Mudofaa vazirligida O`zbekiston mudofaa tashkilotlari rahbarlarining Rossiya Federasiyasi Markaziy harbiy okrugi qo`mondonlik qo`shinlari boshchiligidagi Rossiya delegasiyasi bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Unda O`zbekiston mudofaa vaziri general-polokovnik K.Berdiev Rossiya Federasiyasi Markaziy harbiy okrugi qo`mondonlik qo`shinlari qo`mondoni, general-polkovnik Vladimir Zarudniskiy boshchiligidagi Rossiya delegasiyasi bilan muzokaralar o`tkazdi.
Uchrashuv chog`ida Markaziy Osiyo hududidagi mavjud vaziyat va xavfsizlik muammolari yuzasidan fikr almashildi, harbiy va harbiy-texnik sohalarda ikkitomonlama hamkorlik masalalari muhokama etildi.






